“Til millatning ko’zgusi”

20 oktyabr kuni O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Til millatning ko’zgusi” mavzusida “O’zbek va rus tillari” kafedrasida tadbir o’tkazildi. Tadbir “O’zbek va rus tillari” kafedrasi katta o’qituvchilari N.D.Yulanova, K.A.Gayubovalar tomonidan tayyorlandi. Tadbirda universitetimizning 315-17 DIr, 416-16Tu, 412-17Akr guruhi talabalari faol ishtirok etishdi. Ayniqsa, Fazliddinov Rixsitilla, Omonboyev Mirabbos, Shamsiddinov Jaloliddin, va Xakimov Javlonbek o’z chiqishlari bilan talabalarda katta taassurot qoldirishdi.