Til – millat ko‘zgusi, millat ruhidir!
1989-yil, 21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Ya’ni, o‘zligini, o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!
Har bir millatning iftixori, gʻururi – uning oʻz milliy tili ekanligi azaldan eʼtirof etiladi. Zero, har bir xalq oʻz tilining ijodkoridir. Bugun avlodlar oldida tilimiz sofligi va kamoloti uchun barchamiz birdek burchlimiz.
Aziz vatandoshlar, TATU jamoasi Sizlarni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi. Bu quvonchli kun barchamizga muborak bo‘lsin!