TATUning 3 nafar professor-o'qituvchilariga texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi

  • Главная
  • TATUning 3 nafar professor-o'qituvchilariga texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi

TATUning 3 professor-o'qituvchisiga texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi

   

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi katta ilmiy xodim tadqiqotchisi Akmal Muratovich Inogomov 05.04.02-Radiotexnika qurilmalari va tizimlari ixtisosligi bo'yicha "Optik tolalarni kamyob yer elementlari bilan modifikatsiyalash usullari va ularning spektral tavsifi” mavzusidagi doktorlik dissertatsisini muvaffaqiyatli himoya qilib texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Unga O'zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Rajabov Telman Dadaevich ilmiy rahbar bo'lgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Teleradio eshittirish tizimlari” kafedrasi katta o'qituvchisi Baxtiyorjon Raximov Nematovichga 05.04.02-Radiotexnika qurilmalari va tizimlari, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie. Mobil, tolali optik aloqa tizimlari ixtisosligi bo'yicha "Optik tolali aloqa tizimlariga asosan mexanik konsturksiv xususiyatlarini nazorat va diagnostikalash usullari” mavzusidagi doktorlik dissertatsisini muvaffaqiyatli himoya qilgani uchun texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.

Uning ilmiy rahbari ham O'zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Radjabov Telman Dadaevich bo'lgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  tadqiqotchisi Beknazarova Saida Safibullaevna "Axborot rusurslariga TIAV-multimedia tizimlarida axborot resurslariga diskret-uzluksiz ishlov berish jarayonlarini modellashtirish usullari», 05.01.04-Hisoblash mashinalari, majmua va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta'minoti (texnika fanlari).mavzusidagi doktorlik dissertatsisini muvaffaqiyatli himoya qilib texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo'ldi.

Unga Abdurahmonov Qahhor Pattaxhovich fizika-matematika fanlari doktori, professor ilmiy rahbarlik qilgan.