TATUda yangi tashkil etilgan texnikumlar direktorlari taqdimoti bo`lib o`tdi.

  • Главная
  • TATUda yangi tashkil etilgan texnikumlar direktorlari taqdimoti bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 14 iyundagi 144-k son buyrug‘iga asosan texnikumlarga direktorlar tayinlanishiga doir rasmiy taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi 288-son qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va uning hududiy filiallari tasarrufida respubikaning 11 ta hududi bo‘yicha axborot texnologiyalari texnikumlari tashkil etildi.

Ayni vaqtda yangi tashkil etilgan texnikumlar uchun tegishli binolar ajratilgan bo‘lib, ta’lim jarayoniga doir barcha sharoitlar yaratilgan.

TATU rektori Baxtiyor Shuxratovich Maxkamov yangi texnikum direktorlarini universitet ma’muriyatiga tanishtirdi.

Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi direktori lavozimiga 1978 yili tug‘ilgan, 2000 yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetining “Telekommunikatsiya” yonalishini tugatgan, hozirgi kunga qadar O‘zbektelekom AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi”da bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan Eshimov Xurshid Tog‘aymurodovich tayinlandi.

Sirdaryo axborot texnologiyalari texnikumi direktori lavozimiga 1980 yili tug‘ilgan, 2002 yilda Jizzax politexnika instituti informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishini tugatgan, hozirgi kunga qadar Sayxunobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Raxmanov Xusniddin Davrievich tayinlandi.

 

TATU matbuot xizmati