Ushbu anjuman Respublika iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, fan va texnikaning muhim ilmiy va texnologik muammolarini hal etishga doir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi f-33-sonli Farmoyishini ijrosi yuzasidan tashkil etildi.
Anjuman o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkazilib, quyidagi sho‘’balar bo‘yicha faoliyat yuritdi:
1. «Elektron hukumat» va «Elektron tijorat» tizimini joriy etish muamollari.
2. Axborot texnologiyalarining zamonaviy muammolari.
3. Axborot kutubxona jarayonlarini boshqarish.
4. Axborot xavfsizligining rivojlanish istiqbollari.
5. Zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar – ta’lim sifatini oshirish faktori.
6. Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlarining rivojlanish tamoyillari.
7. Raqamli televideniye va radioeshittirish, simsiz texnologiyalar, radiotexnika. Ularning rivojlanish istiqbollari.
8. Tele va kino ishlab chiqarishning zamonaviy muammolari.
9. O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining iqtisodiy masalalari.