


TATUda ochiq eshiklar kuni!
🏛 TATU Akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari universitetimizga tashrif buyurib, ta’lim jarayoni hamda ilmiy muhit bilan yaqindan tanishdilar.
➡️ Tashrif davomida o‘quvchilarga:
🔹 mavjud ta’lim yo‘nalishlari ;
🔹 kirish imtihonlari jarayoni ;
🔹 talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar ;
🔹 Fizika kafedrasi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi .
🔬 Shuningdek, mehmonlar Fizika kafedrasining o‘quv-ilmiy laboratoriyalarida bo‘lib, zamonaviy uskunalar va ilmiy tadqiqotlar bilan tanishdilar.
💬 Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.
🚀 Bunday tashriflar yoshlarni ilm-fan va texnologiyalarga yanada qiziqtirishga xizmat qiladi!