TATUda mamlakatimizdagi OTMlar orasida birinchilardan bo‘lib Press-klub tashkil etildi!

  • Главная
  • TATUda mamlakatimizdagi OTMlar orasida birinchilardan bo‘lib Press-klub tashkil etildi!

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “TATU PRESS-KLUBI”ning (“PRESS CLUB”) tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki joriy yilning 16 iyun kuni davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasidagi Хalqaro press-klubi ochiq fuqarolik jamiyatining timsoli sifatida qabul qilinayotganligi sababli, bunday press-klublar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tashkil etilishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga samarali ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tkanlar.

Bugun tez sur’atlar bilan o‘zgarib, rivojlanib borayotgan jamiyatimizda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosat to‘g‘risidagi хolis axborotni keng jamoatchilikka yetkazish, olib borilayotgan islohotlar borasida odamlarni o‘ylantirayotgan savollar, bezovta qilayotgan muammolarni tub mohiyatiga yetib borib, javob izlash, jamoatchilik fikrini shakllantirish, barcha sohalar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashda ommaviy xalq tribunasini bajaruvchi press-klubning o‘rni beqiyosdir.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bugun “TATU PRESS-KLUBI” ham o‘z faoliyati konsepsiyasi va rejalarini keng ommaga bayon etish istagida tantanali оchilish marosimini o‘tkazdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi, Хalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratho‘ja hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizmidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, ushbu munosabat bilan o‘z tabrik va takliflarini bildirishdi.

Tadbir davomida mehmon sifatida tashrif buyurgan OAV xodimlari, blogerlar bilan erkin muloqot o‘rnatilib, “TATU PRESS-KLUBI” faoliyati va rejalariga doir savol javob o‘tkazildi va doimiy hamkorlik borasida kelishib olindi.