O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-293-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-sentabrdagi 347-son buyrug‘iga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan “Kriptologiya” bo‘yicha Respublika fan olimpiadasini o‘tkazildi.
✅Mazkur tadbir uchun universitet tomonidan barcha tashkiliy choralar ko‘rilgan.
🗒 Olimpiadada respublikamizdagi 27 ta oliy ta’lim muassasalaridan 73 nafar talaba ishtirok etdi.