TATUda iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi

  • Главная
  • TATUda iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi

 

TATUda iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.

📚 Musobaqa 3 bosqichda o‘tkazilib, quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
• moliya va iqtisodiy statistika;
• iqtisodiyot nazariyasi;
• soliq va soliqqa tortish;
• bank ishi.

✅ Olimpiada talabalar bilimini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishga xizmat qildi.

💡 Ishtirokchilar iqtisodiy tahlil, moliyaviy hisob-kitoblar va zamonaviy bank tizimlari bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

🏆 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👏 Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va ularga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!