TATUDA FORUM

2016 yil 24 mart kuni TATUda "Ilmiy axborotlardan foydalanish va mualliflarning nashr etish faolligi” nomidagi 1-Ilmiy-ta’limiy Forumi o‘tkazildi.
Ushbu forum "Respublika iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, fan va texnikaning muhim ilmiy va texnologik muammolarini hal etish”ga doir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvaridagi f-33-sonli Farmoyishi ijrosi yuzasidanO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni koordinatsiyalash qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Milliy kutubxona bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shu bilan birga, Forumda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti va"E-LINE PRESS” MChJ vakillari xam ishtirok etdilar.
Tadbirni tashkil etishdan maqsad – forum ishtirokchilarini dunyo miqiyosidagi yetakchi tahririyatlar elektron ilmiy-ta’limiy resurslariga doir dolzarb manbalarini o‘rganish va ulardan ilmiy tadqiqot faoliyatida foydalanish, mualliflarning nashr etish faolligi va doktorlik dissertatsiyalari samarasi va sifatini oshirishhamda ilmiy maqolalarni yuqori reytingli jurnallarda nashr etish imkoniyatlari, shuningdek, Thomson Reuters, EBSCO information services, ProQuest resurslaridan foydalanish texnologiyasibilan tanishtirish orqali Respublikada ilmiy tadiqotlar sifati hamda xorijiy jurnallarda mualliflarning nashr etish faolligini oshirishdan iboratdir.
Elektron ilmiy-ta’limiy resurslar taqdimotini o‘tkazish uchun tadbirga dunyo miqiyosidagi yetakchi kompaniyalar, jumladan,Thomson Reuters, EBSCO, ProQuest kompaniyalarining vakillari ham taklif qilinganlar.
Forum doirasida "Elektron kutubxonalar tarmog‘ida ilmiy-ta’limiy ma’lumotlarni yaratish va foydalanish texnikasi” nomli 8-an’anaviy tadbirni o‘tkazish ham rejalashtirilgan.