TATU — yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

  • Главная
  • TATU — yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

🏆 TATU — yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

💻 “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichi doirasida o‘tkazilgan 1/4-final uchrashuvida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

⚽️ Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda TATU jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich — yarim finalga yo‘l oldi.

🔥 Uchrashuv davomida jamoamizning jipsligi, qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi har bir daqiqada yaqqol namoyon bo‘lib, tomoshabinlarga haqiqiy futbol dramasi tuhfa etdi.

👏 TATU jamoasini ushbu muhim g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!