![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
2026-yil 25–26-sentabr kunlari Toshkent davlat transport universitetida “World Vocational College Skills Competition – 2026” xalqaro musobaqasining Markaziy Osiyo mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning “Logistics and Supply Chain” yo‘nalishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari:
Samadov Dilmurod Usmon o‘g‘li — Dasturiy injiniring fakulteti 4-kurs talabasi;
Samadov Dilshodbek Usmon o‘g‘li — “Sun’iy intellekt” kafedrasi xodimi, 2-kurs magistranti
CA-LogiX AI loyihasi bilan ishtirok etib, 🥈kumush medalni qo‘lga kiritdilar.
CA-LogiX AI — Markaziy Osiyodagi transchegaraviy va multimodal logistika jarayonlarini optimallashtirishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt asosidagi “control tower” platformasi. Loyiha optimal yo‘nalishni tanlash, chegara risklarini baholash hamda logistika jarayonlaridagi uzilishlarga tezkor javob berish imkonini beradi.
Musobaqaning navbatdagi Ranking Round bosqichi Xitoyning Tianjin shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Samadov Dilmurod va Samadov Dilshodbekni ushbu xalqaro yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!





