TATU vakillari GSDC 2026da o‘z stendi bilan ishtirok etdi

  • Главная
  • TATU vakillari GSDC 2026da o‘z stendi bilan ishtirok etdi

TATU vakillari GSDC 2026da o‘z stendi bilan ishtirok etdi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xalqaro reytinglar yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan Global Sustainable Development Congress 2026 xalqaro kongressida ishtirok etdi.

📉TATU mazkur nufuzli xalqaro tadbirda o‘z stendi bilan qatnashib, universitetning ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi faoliyatini xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillariga taqdim etdi.

🗣️Kongress davomida TATU vakillari qator xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, akademik hamkorlikni kengaytirish, xalqaro reytinglardagi ishtirokni kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.

🗣Jumladan, University Rotterdam, University of Nottingham, The Hong Kong Polytechnic University, KyungHee University, Elsevier hamda boshqa xalqaro hamkorlar bilan oliy ta’lim, ilm-fan, xalqaro ko‘rinuvchanlik, tadqiqot samaradorligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🗣Shuningdek, TATU stendiga turli mamlakatlardan tashrif buyurgan universitetlar, reyting agentliklari va xalqaro tashkilotlar vakillari universitet faoliyati, xalqaro loyihalari hamda hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Mazkur ishtirok TATUning xalqaro akademik maydondagi nufuzini oshirish, global hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda universitetning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.