TATU va USM: xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari

 

TATU va USM: xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari

🏛 Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Universiti Sains Malaysia (USM) vakillari Prof. Dr. Abdul Hadi Zulkafli va Prof. Dr. Hasliza Binti Halimlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

💡Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar almashinuvini tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy injiniring yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot aloqalarini mustahkamlash hamda talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

📊 Ma’lumot uchun: Universiti Sains Malaysia (USM) — Malayziyaning  eng yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib,  QS World University Rankings 2027 reytingida dunyo universitetlari orasida 128-o‘rinni egallagan.