13 may kuni TATUga Frantsiyaning Savoya universiteti(Université de Savoie, Chambéry) professori Kavé Salamatian tashrif buyurdi. Ushbu tashrif TATUning xalqaro aloqalarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Uchrashuvda telekommunikatsiya fakulteti o‘qituvchilari: N.Usmanova, J.Abdujalilov, R.Nasimov va universitet iqtidorli talabalari ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida tomonlar o‘z universitetlarining o‘quv va ilmiy faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdilar.
Professor Kavé Salamatian kelajakda TATU vaSavoya universitetlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirishhamda almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yisho‘ztashrifining asosiy maqsadiekanligini e’tirof etdi. Tomonlar bunday munosabatlarni mantiqiy shakli sifatida Anglashuv Memorandumini imzolash maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tishdi.
Uchrashuv natijasi bo‘yichaistiqbolli hamkorlik doirasida rejalar va o‘zaro faoliyat jihatlari belgilab olindi. Jumladan, professor Kavé Salamatiantaklifiga binoan, 2016yilning sentyabr-oktyabr oylarida TATUda zamonaviy tarmoqlar yo‘nalishida ma’ruzalar va turli seminar-trening tashkil etilishi rejalashtirildi