TATU talabalari xalqaro almashinuv dasturida faol ishtirok etdilar

  • Главная
  • TATU talabalari xalqaro almashinuv dasturida faol ishtirok etdilar

TATU talabalari xalqaro almashinuv dasturida faol ishtirok etdilar

📅 2026-yil 21–22-aprel kunlari Tailanddagi Walailak University Informatika maktabida o‘tkazilgan TUIT Exchange Program doirasida TATU talabalari faol qatnashdilar.

🌎 Dastur davomida talabalar IT, innovatsiya va zamonaviy raqamli yechimlar yo‘nalishida xalqaro tajriba orttirdilar. Jumladan:
🔹 Walai AutoLib tizimi bilan tanishdilar;
🔹 Tanqidiy fikrlash mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar;
🔹 UX kuzatuvlari va innovatsion sprint sessiyalarida qatnashdilar.

🤖 Shuningdek, “Agentic AI” yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, talabalar sun’iy intellekt asosida tizim arxitekturasi yaratish hamda RAG‘dan avtonom AI agentlargacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rgandilar.

☑️ Mazkur dastur nafaqat akademik bilimlarni mustahkamlash, balki jamoaviy ishlash va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.