TATU TALABALARI IŞLAB ÇIQARIŞ JARAYONLARI BILAN TANIŞDILAR

  • Главная
  • TATU TALABALARI IŞLAB ÇIQARIŞ JARAYONLARI BILAN TANIŞDILAR

 

TATU TALABALARI IŞLAB ÇIQARIŞ JARAYONLARI BILAN TANIŞDILAR

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari uçun işlab çiqariş korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanişişga qaratilgan amaliy taşrif taşkil etildi.

📌 10-noyabr kuni “Raqamli iqtisodiyot” ta’lim yönalişi 4-bosqiç talabalari Crafers Group MÇJga taşrif buyurib, “Korxonaning investitsiya siyosati” fani doirasida amaliy maşğulotda iştirok etdilar.

🔺 Taşrif davomida talabalar korxonadagi işlab çiqariş jarayonlari, faoliyatni taşkil etiş va boşqaruv mexanizmlari bilan yaqindan tanişib, nazariy bilimlarini amaliy misollar orqali mustahkamlaş imkoniga ega böldilar.

🤝Bunday amaliy taşriflar talabalarning kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantiriş, işlab çiqariş jarayonlari hamda iqtisodiy boşqaruvga oid bilimlarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.