TATU talabalari “Cyber Guard CUP 2025” kiberxavfsizlik xakatoni g‘olibi!

  • Главная
  • TATU talabalari “Cyber Guard CUP 2025” kiberxavfsizlik xakatoni g‘olibi!

TATU talabalari “Cyber Guard CUP 2025” kiberxavfsizlik xakatoni g‘olibi!

📅 Joriy yilning 22–23-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida CTF (Capture the Flag) formatida “Cyber Guard CUP 2025” kiberxavfsizlik xakatoni bo‘lib o‘tdi.

🥇 Ushbu nufuzli musobaqada TATU Kiberxavfsizlik klubi a’zolaridan iborat TUIT_CSC jamoasi 1-o‘rinni egallab, yuksak natija qayd etdi.

🎁 G‘olib jamoa:
• Gruziyaning Bakuriani shahrida bo‘lib o‘tadigan “Winter Camp” o‘quv dasturida ishtirok etish;
• Nufuzli OneSec tashkilotida oylik to‘lanadigan amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

👏Shuningdek, universitetimiz sharafini munosib himoya qilgan:
• “Dread TUIT” — 4-o‘rin;
• “Pomidor” — 5-o‘rin;
• “HellScript” — 9-o‘rin
jamoalari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👨‍🏫 TATU terma jamoalariga N. Nasrullayev, O. Allanov va Q.Umurzoqovlar murabbiylik qilib kelmoqda.

🎉 G‘olib va sovrindor talabalarimizni muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ularga katta zafarlar tilaymiz!