TATU rektori B.Maxkamov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

  • Главная
  • TATU rektori B.Maxkamov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida universitet talabalari bilan o‘zaro fikr almashildi, yurtimizda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, ilm-fan va ta’limda zamonaviy tendensiyalar haqida so‘z yuritildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda rektor talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Tashrif davomida xavfsizlikka e’tibor qaratish, is gazi keltirib chiqaruvchi holatlarning oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, rektor TTJdagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, talabalar yashash muhitini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuv yakunida rektor talabalarni yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, puxta bilim olishga, faol va tashabbuskor bo‘lishga, kelgusida yurtimiz ravnaqiga munosib xizmat qiladigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.