London Metropolitan Universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida o‘zaro anglashuv memorandum imzolandi.
Ushbu memorandum - taʼlim loyihalari boʻyicha hamkorlik qilish, ikkala universitet ham Memorandum qoidalariga muvofiq oʻz ilmiy xodimlari, kafedralari, institutlari va boshqa tadqiqot markazlari oʻrtasida bevosita aloqa hamda hamkorlikni ragʻbatlantiradi. Shuningdek, o‘rnatilgan ilk hamkorlik aloqalarining kelajakdagi rivoji va universitetlarning ikki tomonlama manfaatlarini ko‘zda tutadi.
Jumladan, ushbu memorandum Computer Systems Engineering and Robotics, Computer Networking and Cyber Security, Data Science, Digital Media, Games Programming kabi mutaxassisliklarda TATUda qo‘shma ta’lim dasturi (double degree program)ni amalga oshirishga zamin yaratadi.
Ma’lumot uchun: London Metropolitan Universiteti QS Dunyo universitetlar reytingining Top-1000 taligidan joy olgan va jadal sur’atlarda o‘z o‘rnini yuqorilatib kelayotgan dunyo yetakchi universitetlardan biridir