TATU olimasi AI xakatonda sovrindor bo‘ldi

 

 

TATU olimasi AI xakatonda sovrindor bo‘ldi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti, PhD Saida Aldiyarovna Tastanova M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti hamda Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan Digital Qazaqstan 2026 doirasida o‘tkazilgan xalqaro AI xakatonida ekspert sifatida ishtirok etdi.

Tadbir Qozog‘istonning Shymkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida quyidagi innovatsion loyiha taqdim etildi: “Inson genomini o‘qiy oladigan, DNK mutatsiyalarini tibbiy yechimlarga aylantiruvchi sun’iy intellekt tizimi”

Mazkur loyiha:
• genom mutatsiyalarini avtomatik tahlil qilish;
• diagnostika jarayonini tezlashtirish;
• kasalliklarni aniqlash aniqligini oshirish;
• mutaxassislar yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi.

Xakaton yakunlariga ko‘ra loyiha 3-o‘rinni egallab, rasmiy sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Shuningdek, loyiha rivoji uchun investitsiya jalb qilinib, innovatsion yechim sifatida alohida e’tirof etildi.