TATU jamoasi va talabalari uchun xushxabar!

 

💻 Endilikda siz TATU IP-manzili orqali universitet hududidagi istalgan kompyuter yoki universitet Wi-Fi tarmog‘i yordamida e.lanbook.com platformasidagi adabiyotlardan bepul foydalanishingiz mumkin.

📚 “ЭБС Лань” — oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan zamonaviy elektron kutubxona tizimi bo‘lib, unda o‘quv, ilmiy va professional adabiyotlarning keng bazasi jamlangan.

🗂 Platformada siz:
— darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
— ilmiy adabiyotlar
— turli yo‘nalishdagi jurnallar
— kasbiy va ixtisoslikka oid materiallarni topishingiz mumkin

👥 Ayniqsa, TATU talabalari uchun bu platforma axborot texnologiyalari, muhandislik, matematika, fizika, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli manbalarni topishda juda qulay imkoniyat yaratadi.

📌 Foydalanish tartibi:
TATU hududidagi kompyuter yoki universitet Wi-Fi tarmog‘iga ulanib, e.lanbook.com saytiga kiring va kerakli adabiyotlardan foydalaning.

✔️Bilim olish uchun yanada keng imkoniyatlar — endi TATUda!