TATU Farg‘ona filalida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

  • Главная
  • TATU Farg‘ona filalida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Avval habar berilganidek, 30 aprel kuni Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi bilan hamkorlikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filalida “Axborot almashinuv markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ikkinchi qismida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Egamberdiev Jamshid Sharifjonovich va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori Aripjanov Fayzulla Abdullaevich yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda TATU Farg‘ona filiali iqtidorli talabalari va filial qoshidagi akademik litseyning o‘quvchilari ishtirok etishdi. O‘quvchilarni sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida master-klas va motivatsion nutqlar tashkil etildi. Vazir o‘rinbosari J.Egamberdiyev yoshlarning qiziqishlari va noyob g‘oyalarini rivojlantirishda, ularni kelajakda tijoratlashtirish va ommaviylashtirish masalalariga urg‘u qaratdi.

O‘quvchi yoshlarning universitetda o‘qish, kelgusida sohaning yetuk kadrlari bo‘lib yetishish uchun nimalarga ahamiyat berishlari kelakligi haqidagi savollariga TATU moliya va iqtisod ishlari prorektori F.Aripjanov atroflicha javoz berdi. Xususan, yoshlarning IT texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikma bilimlarini shakllantirishda “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining ahamiyati, hamda Universitet tomonidan tashkil etilayotgan turli musobaqalarda faol ishtirok etishlarini ta’kidladi.