Koreyaning Seul Milliy Universiteti (SNU)da joriy yilning 28-noyabr kuni o‘tkazilgan tadbirda TATU delegatsiyasi ishtirok etdi.
✅Tadbirda Koreyadan SNU, KEPCO kompaniyasi, O‘zbekistondan esa Energetika vazirligi hamda TATU vakillari qatnashdi.
🔺 Uchrashuv davomida energetika sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish,
🔺 Asian Development Bank (ADB) tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish istiqbollari,
🔺 TATUda xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar muhokama qilindi.
🖋 Ushbu uchrashuv yakunida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.


