Делегация ТУИТ развивает международное сотрудничество в Китае

  • Главная
  • Делегация ТУИТ развивает международное сотрудничество в Китае

TATU delegatsiyasi Xitoyda xalqaro hamkorlikni rivojlantirmoqda

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shavkat Shuxratovich To‘rayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Shimoliy Xitoy texnologiya universitetiga (NCUT) tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya NCUT universitetining 80 yillik yubileyi hamda Markaziy Osiyo – Xitoy ta’lim forumida ishtirok etmoqda.

Tomonlar qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish, talabalar va doktorantlarning akademik mobilligini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda xalqaro grantlar doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.