30 mart kuni "Matbuot tarqatuvchi” AK bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi 3/16-sonli shartnoma asosidauniversitetning "AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasini filiali ochildi.
Ushbu kafedra filiali "Matbuot tarqatuvchi” AKning ilmiy-o‘quv filialisifatida kompaniya qoshida faoliyat ko‘rsatadi.
Filialning ilmiy-uslubiy ishlariga rahbarlik filial va kompaniyaning yetakchi malakali mutaxassislari bilan birgalikda olib boriladi.
Filialning asosiy maqsadi – TATU va Kompaniya o‘rtasida ilmiy-innovatsion xamkorlikni rivojlantirish, fakultet talabalarini aloqa va axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan o‘z vaqtida xabardor etish va ularni sohada ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iboratdir.