#E’LON
“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorlikda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovini e’lon qiladi.
(http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m10768)Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔹Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
🔸“Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
🔹Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
🔸Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
🔹Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
🔸Inson huquqlari bilimdoni;
🔹Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.
Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani (https://mega.nz/file/vFxA1Yia#qjKDp4qzsjm6kxWjHzTj8eG4r4-z0-pEEJGHD1tvg_o) to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.
Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.