Endilikda TATU talabalari dron va kosmik texnologiyalar olamiga yanada shaxdam qadam tashlaydi!

  • Главная
  • Endilikda TATU talabalari dron va kosmik texnologiyalar olamiga yanada shaxdam qadam tashlaydi!


Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Xalqaro O‘zbek-Hind AT markazi va Xitoyning dron (UAV) ishlab chiqaruvchi texnologik giganti — Guanggu Xinke (Shenzhen) Technology Co., Ltd bilan imzolangan yangi kelishuv TATU yoshlari uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochdi.

Hamkorlik doirasida:
• Dron texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi va zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.
• Talabalar va mutaxassislar uchun maxsus o‘quv dasturlari, treninglar va malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
• AI, sensor va fly-control tizimlari hamda ularni UAVlarga integratsiya qilish o‘rgatiladi.
• Dronlarga oid startap va innovatsion loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
• Dronlar qishloq xo‘jaligi, xavfsizlik va logistika sohalarida amaliy qo‘llaniladi.
• Dron va antidron tizimlari bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli kurslar tashkil etilib, xalqaro darajadagi sertifikatlar taqdim etiladi.

 Korxona vakillari — Zhou Dean va Zarif Zafarovich ishtirokidagi uchrashuv ishlab chiqarish va ko‘rgazma zonalariga tashrif bilan boshlandi. Imzolangan hujjatda ikki davlat tashkilotlari o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari belgilandi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda dron texnologiyalarini rivojlantirish, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro tajribani jalb qilgan holda zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etishdir.