Talaba-yoshlar uchun “Movie Night” kechasi yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

  • Главная
  • Talaba-yoshlar uchun “Movie Night” kechasi yuqori kayfiyatda tashkil etildi.
 



Talaba-yoshlar uchun “Movie Night” kechasi yuqori kayfiyatda tashkil etildi.
 
🎥 Tadbir doirasida sun’iy intellekt mavzusiga bag‘ishlangan, TATU talabalari tomonidan o‘zbek tilida dublyaj qilingan “Omad, rohatlan, faqat o‘lib qolma” filmi premyerasi namoyish etildi. Film tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, iliq taassurotlar qoldirdi.
 
   Shuningdek, film namoyishidan avval fakultet jamoalari o‘rtasida qiziqarli va interaktiv Quiz o‘yini o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
 
🔥 Tadbir davomida samimiy muhit, yuqori kayfiyat va faol ishtirok barchaga unutilmas lahzalarni ulashdi. Bunday mazmunli tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
 
 TATU — nafaqat ta’lim, balki ilhom va kreativ muhit maskani!