Tadbir davomida:
giyohvandlikning og‘ir oqibatlari va internet orqali noqonuniy moddalar tarqatilishining xavfli mexanizmlari;
yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar singdirilishining oldini olish bo‘yicha samarali choralar;
axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalari batafsil tushuntirildi.
Uchrashuvda IIV Akademiyasi Magistratura tinglovchisi podpolkovnik B.Tojiboyev tomonidan giyohvandlikning zamonaviy ko‘rinishlari, yoshlar orasida keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar hamda ularning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mutasaddilar, ichki ishlar xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokidagi mazkur tadbir yoshlarni ogoh bo‘lishga, sog‘lom turmush tarzini tanlashga hamda zararli oqimlarga qarshi hushyorlikni kuchaytirishga chorlovchi muhim ma’rifiy maydon bo‘lib xizmat qildi.


