"Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish savodxonligini oshirish" nomli qisqa muddatli kursga start berildi.

  • Главная
  • "Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish savodxonligini oshirish" nomli qisqa muddatli kursga start berildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-o‘qituvchilar va rahbar-xodimlarning sun’iy intellekt yo‘nalishida malakasini va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida "Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish savodxonligini oshirish" nomli qisqa muddatli kursga start berildi.

📝 Mazkur 12 soatlik kursga 400 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular bir haftalik kurs davomida sun’iy intellektning asosiy tushunchalari, zamonaviy sun’iy intellekt platformalaridan amaliy foydalanish, ta’lim va boshqaruvda sun’iy intellekt texnologiyalari va vositalari (napkin.ai, canva, gamma.app, data analyst, chatbotlar va h.k.) dan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.