Pekin, Xitoy. 2017 yilning 28 aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari, “Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Seeds for the Future”, ya’ni “Kelajak nihollari” dasturi bo‘yicha ikki haftalik o‘quv kurslarida ishtirok etishadi.
Mazkur kurslardan maqsad, O‘zbekistonlik yosh iqtidorli talabalarga axborot kommunikatsion texnologiyalari, mobil internet aloqasi, kiber xavfsizlik, telekommunikatsion muxandislik yo‘nalishlarida dunyoda keng qo‘llanilayotgan yangiliklar va ishlanmalar bilan tanishtirish.
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti “Huawei” kompaniyasining O‘zbekistondagi yaqin va ishonchli hamkorlaridan hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, kompaniyaning aksariyat muxandis va mutaxassislari aynan shu universitet bitiruvchilari sanaladi.
“Huawei” kompaniyasi universitetning iqtidorli talaba va yosh olimlarini rag‘batlantirish maqsadida yaqindan yordam berib keladi va kelasi 5 yil davomida bunday hamkorlikni yanada oshirishga qaror qilgan. Bejiz, “HAINA” ya’ni Huawei sertifikatlashtirish akademiyasi aynan shu universitet qoshida ochilmadi. “Kelajak nihollari” dasturida TATU talabalari ikkinchi bor ishtirok etmoqdalar.
“Huawei” kompaniyasining bosh direktori janob Van Pen so‘zlaricha, “Kompaniyaning, O‘zbekistonda AKT sohasida yetishib chiqayotgan professional kadrlar salohiyatiga o‘z hissasini qo‘sha bilishi - katta ma’suliyat deganidir. Kelajakda aynan shu mamlakat, butun mintaqada telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari markaziga aylanishi mumkin, buning uchun O‘zbekistonda katta salohiyat va imkoniyat mavjud”.
“Seeds for the Future”, ya’ni “Kelajak nihollari” dasturi, joriy yilning 1 – 12 may davomida Xitoyning Pekin va Shenchjen shaharlarida o‘tishi rejalangan. Mazkur loyihada ishtirok etish uchun universitetning 10 nafar talabasi, ikki bosqichli tanlov asosida saralab olingan. Dastur davomida, talabalar «cloud-computing» (bulutli texnologiyalar asosida), mobil tarmoq xizmatlari, telekommunikatsiya taromoqlarini rivojlantirish, internet jihozlari (IoT),4G stansiyasi, 5G tarmog‘i istiqbollari, xitoy tili asoslari, madaniyati, tarixiy obidalari kabi mavzularda ham nazariy ham amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari ta’kidlab o‘tish joizki, safar davomida universitetning talabalari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “Buyuk Ipak Yo‘li” konsepsiyasidagi “Bir Mintaqa – Bir Yo'l” nomini olgan xalqaro sammitda ishtirok etishi belgilangan. Mazkur tadbirda o‘zbekistonlik talabalar “Kelajak nihollari” dasturi istiqbollari borasida, o‘zlari mualliflik qilgan video-prezentatsiya bilan chiqib, yuqori martabali mexmonlarni mamlakatimizda yoshlar ta’limi borasida qiziqtirgan savollariga javob berishga harakat qilishadi. “Bir Mintaqa – Bir Yo'l” sammiti, mazkur yilning 14 may kuni, Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Huawei kompaniyasi haqida
Huawei 1987 yilda tashklil etilgan bo’lib hususiy kompaniya sifatida faoliyat yuritadi va butunlay o’z xodimlariga tegishli (asosiy aksiyadorlar kompaniya xodimlari). 2016 yilda Huawei kompaniyasi Interbrand’s reytingida ishtirok etib Top 100 Best Global Brand ro’yxatiga kiritildi, ya’ni dunyoning eng zo’r 100 brendi orasida e’tirof etildi. Bugungi kunda Huawei kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarish borasida dunyoning eng yetakchi uch kompaniyasi qatoriga kiradi.