Sherdor Games Accelerator dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda!

  • Главная
  • Sherdor Games Accelerator dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda!

Game Development yo‘nalishida istiqbolli g‘oyangiz yoki tayyor prototipingiz bormi? Unda Sherdor Games Accelerator dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

45 kun davom etadigan akseleratsiya dasturi doirasida ishtirokchilar:
🔹 mahalliy va xalqaro mentorlar bilan ishlash;
🔹 o‘yin loyihasini texnik va biznes jihatdan takomillashtirish;
🔹 xalqaro bozorga chiqish strategiyasini ishlab chiqish;
🔹 Steam platformasiga tayyorlanish;
🔹 investorlar va GameDev sohasi vakillari ishtirokidagi Demo Dayda o‘z loyihasini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Shuningdek, saralangan jamoalarga:
1 000 AQSH dollari miqdorida stipendiya;
Demo Day davomida venchur fondlari va publisherlardan 50 000–100 000 AQSH dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyati;
45 kunlik professional marketing ko‘magi;
outsourcing loyihalari hamda o‘z IP (Intellectual Property) o‘yinlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari taqdim etiladi.

Arizalar qabuli yakunlanishiga atigi bir hafta qoldi!
Ariza topshirish