Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

  • Главная
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
22 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekistondagi axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, professor-o‘qituvchilar, olimlar va tadqiqotchilarni taraqqiy etayotgan qidiruv texnologiyalari bilan ishlash va jahon ilmiy-ta’limiy resurslar manbalaridan foydalanish bilan tanishtirish va o‘qitish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va nashr etish sifatini oshirish maqsadida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “etayotgan qidiruv texnologiyalari bilan ishlash va jahon ilmiy-ta’limiy resurslar manbalaridan foydalanish bilan tanishtirish va o‘qitish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va nashr etish sifatini oshirish maqsadida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi ERASMUS+ Milliy ofisi, Oliy ta’limni rivojlantirish sohasida milliy ekspertlar guruhi (HEREs), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va OOO “E-LINE PRESS” hamkorligida “Elektron kutubxona tarmoqlarida ilmiy-ta’limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari” mavzusida 9-seminar o‘tkazildi.
Seminarga foydalanuvchilar uchun taqdimotlar va mahorat darslarni o‘tkazish maqsadida ilmiy-ta’limiy resurslar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazalarini yaratishga ixtisoslashtirilgan jahonning ilg‘or kompaniyalari (Slarivate Analytics, EBSCO information services, Wiley, ProQuest, Springer+Nature, Oxford University Press, eIFL) vakillari, respublikamizning oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari rahbarlari, kutubxonalar direktorlari va yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar qatnashdilar.
Seminarda jahondagi yetakchi nashriyotlarning elektron ilmiy-ta’limiy resurslari manbalari va ulardan O‘zbekistondagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarida foydalanish, ilmiy nashrlar va doktorlik dissertatsiyalar sifati va samaradorligini oshirish, Kasbiy ta’lim uchun elektron axborot resurslari va multimedia texnologiyalari, axborotlarni taqdim etish va o‘zlashtirishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish asosida aholining kitobxonlik faolligini oshirish, elektron kutubxonalar, korporativ tarmoqlarni yaratish texnologiyalari va ulardan fan, ta’lim va biznesda foydalanish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida aholining bilish, intellektual va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirishda maqbul sharoitlar yaratishning usullari va yondashuvlari kabi muhim mavzular muhokama qilinadi.
O‘tkazilayotgan ushbu seminar professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar, kutubxonachilar va talabalarning yangi jahon ilmiy-axborot resurslaridan xabardorlik darajasini hamda respublika oliy ta’lim muassasalarida kitobxonlik madaniyatini oshirish, respublikada nashr etish faolligini kuchaytirish, tinglovchilarni oliy ta’lim tizimi uchun elektron axborot resurslari va multimediya texnologiyalari bilan, shuningdek, elektron kutubxonalarni yaratishning ilg‘or texnologiyalari, korporativ kutubxona tarmoqlari va ulardan fan, ta’lim va biznesda samarali foydalanish kabi masalalarni yoritayotganligi bilan ahamiyatlidir.
Seminarning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.M. Karimov va TATU rektori T.Teshabayev lar ishtirok etdilar.