![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida universitetimiz rektori, professor Baxtiyor Maxkamov boshchiligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralar hamda hududlarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Ushbu tashabbus yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda dolzarb masalalariga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.
🎓 Uchrashuvda litseyning turli bosqichlarda tahsil olayotgan o‘quvchilari, jumladan, yangi o‘quv yilida TATU akademik litseyi o‘quvchisi bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lgan yoshlar ham ishtirok etdi.
❗️ Rektor yangi o‘quvchilarni TATU akademik litseyi o‘quvchisi bo‘lganlari bilan tabriklab, ularga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, chuqur bilim egallash va o‘z ustida muntazam ishlash muhimligini ta’kidladi.
🏆 Shuningdek, uchrashuv doirasida rektor stipendiyasi tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Yoshlarning bilim va yutuqlarini munosib rag‘batlantirish ularni yangi marralar sari ruhlantirishda muhim ekani qayd etildi.
💬 Uchrashuv yakunida o‘quvchilarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, doimiy izlanish va kelajakdagi maqsadlari sari qat’iyat bilan harakat qilish bo‘yicha motivatsion tavsiyalar berildi.





