![]() |
![]() |
Yosh va shijoatli startapchilar uchun ajoyib imkoniyatlar eshigi ochildi! Endi siz o‘z loyihalaringizni TATU Inkubatsiya markazi hamda O‘zbek-Hind Xalqaro IT markazida professional darajada tayyorlashingiz va rivojlantirishingiz mumkin.
Master-klassda alohida mehmon sifatida:
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari
⏺ IT Parkning yetakchi va tajribali mutaxassislari tashrif buyurishdi! Master-klass davomida ishtirokchilarga loyihalarni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish, g‘oyadan mahsulotgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish va sovrinli o‘rinlarni egallash bo‘yicha eng muhim ko‘nikmalar hamda qimmatli insaytlar berildi.

