O‘zbekistonda yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushdi

  • Главная
  • O‘zbekistonda yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushdi

BMTTD va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining "O‘zbekiston biznes-forumi (III bosqich)” loyihasi poytaxtimizning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturini boshlab yubordi.

O‘zbekiston Respublikasida Prezidentimiz tashabbusi bilan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida qisqa tarixiy davr mobaynida mamlakatimiz ta’lim tizimida nafaqat shakliy, balki mohiyat jihatdan ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 73 oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan 66 davlat oliy ta’lim muassasasi va 7 nufuzli xorijiy universitetining filiallari faoliyat olib bormoqda.

Loyiha ishtirokchilarga startap g‘oyalarni amalga oshirish ko‘nikmalarini egallash, yakka tartibda biznes-murabbiyning maslahatlarini olish, loyiha doirasida ko‘zlangan mahsulot yoki xizmatning minimal ishchi modelini ishlab chiqish va sinash hamda istiqboldagi investorlarga o‘z loyihalarini taqdim qilish imkoniyatini yaratadigan bepul uch oylik izchil dastur hisoblanadi. Dasturda qanday ishtirok etish mumkin, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot: http://startup.chamber.uz/ veb-saytida joylashtirilgan.

Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturining o‘ziga xos ish usullarini hisobga olib, rivojlanishning erta bosqichlaridagi startaplarga ko‘maklashning bu modeli O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida keng miqyosda joriy etilishi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining xususiy sektor bilan o‘zaro hamkorlik tizimi va mexanizmlarini takomillashtirishni, ishlab chiqarish va oliy ta’lim integratsiyasini ta’minlashi, yangi malakali ish o‘rinlari yaratishi kutilmoqda.