Xabaringiz bor, “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” oyligi doirasida 18-19-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏛Unda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristeti Urganch filiali talabasi Polvonova Sevara “O’zbekiston uchun 100 g’oya” loyihasining final bosqichida g’olib deb topildi.
Shu bilan birga “O’zbekistonning eng ilg’or TOP 100 yoshlari qatoridan joy olib, pul mukofotlari, diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Finalda Oʻzbekiston boʻyicha kuchli 245 ta gʻoya egalari top 100 gʻoya uchun kurashdi.
Filialimiz talabasini yutuqlari bilan tabriklaymiz. Yutuqlar bardavom bo’laversin.