O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishni maqsad qilgan talabalar uchun yangilik !!!

  • Главная
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishni maqsad qilgan talabalar uchun yangilik !!!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishni maqsad qilgan talabalar uchun yangilik !!!
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentyabrdagi PF-6309-son farmoni bilan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi tegishliligi bo‘yicha tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun 10 ta, magistratura bosqichi talabalari uchun 22 ta hamda bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir oliy ta’lim muassasasiga 1tadan etib belgilandi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Kaipberganov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etilmoqda.