O‘zbekiston oliy ta’limida tarixiy natija: QS World University Rankings 2026 ro‘yxatiga 7 ta OTM kiritildi

  • Главная
  • O‘zbekiston oliy ta’limida tarixiy natija: QS World University Rankings 2026 ro‘yxatiga 7 ta OTM kiritildi

19-iyun kuni e’lon qilingan “QS World University Rankings 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5 ta universitetga ortib, O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Reytingga kiritilgan O‘zbekiston OTMlari:
🏛 “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-o‘rin (2025-yilda =547)
🏛 O‘zbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025-yilda 781-790)
🏛 Toshkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor)
🏛 Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor)
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor)
🏛 Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor)
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor)

Alohida qayd etish lozimki, O‘zbekistonning 4 ta oliygohi “Bitiruvchilar yutuqlari” indikatori bo‘yicha top-700 talikka kirgan:
🟢Toshkent davlat texnika universiteti – 540-o‘rin
🟢O‘zbekiston Milliy universiteti – 545-o‘rin
🟢“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 644-o‘rin
🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-o‘rin