O’zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo’shma fakulteti qoshidagi Tayyorlov kursi 2019-2020 o’quv yilini tamomlaganligi to’g’risida

  • Главная
  • O’zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo’shma fakulteti qoshidagi Tayyorlov kursi 2019-2020 o’quv yilini tamomlaganligi to’g’risida

2018 yil 13 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti o'rtasida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun (SFIT TATU-BDIRU) qo’shma fakultet tashkil etish to'g'risida bitim imzolandi. Mazkur bitimga muvofiq TATUda 2018 yilning noyabr oyidan boshlab O’zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo’shma fakulteti qoshidagi Tayyorlov kursi o’z faoliyatini boshlagan.  

2019-2020 o'quv yilida O’zbek-Belarus axborot texnologiyalari qo’shma fakulteti qoshidagi Tayyorlov kursida 76 ta tinglovchilar oktyabr oyidan 15 martga qadar  TATU oliygohida, karantin davrida esa 15 apreldan to 1- iyulga qadar onlayn tarzida Moodle platformasida ta’lim berish davom ettirildi va tugatildi.

5- iyul kuni onlayn tarzida tiglovchilardan imtixon olindi va 69 ta tinglovchi muvofaqiyatli o’tib, Sertifikatni qo’lga kiritishdi.

Sertifikat tinglovchilarga qo’shma fakultetga kirish imtixonida Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti vakillari tomonidan olinadigan imtixonlardan ozod etadi.