O‘qituvchilar ijodidan lavhalar

Fasllar kelinchagi

Fasllar ichida go‘yo kelinchak,
Bahordir elchisi so‘lim boychechak.
Muattar hidlarin taratar yalpiz,
Ko‘ngilni chulg‘aydi ajoyib bir his.

Chaqmoqlar chaqnaydi ko‘kdan nogahon,
Kelganin qutlaydi momaqaldiroq.
Chuchmoma, binafsha gullabdi chunon,
Qirlarda yuz ochmish lolaqizg‘aldoq.

O‘riklar boshida oq shohi ro‘mol,
Shaftoli gullari uyalgandek ol.
Bargak soch taqibdi boshlariga tol,
Tabiat bezanmish kelindek hilol.

Oh qanday go‘zaldir yurtim bahori,
Hamisha yashnasin ketmay ohori.
Halqimiz baxtiga tinch bo‘lsin yurtim,
Bahordek boshlansin har bir nahori.


 

"Dasturiy injiniring” fakulteti "Algoritmlash va matematik modellashtirish” kafedrasi dotsenti Mirzaev Anvar Nazirovich