Bugungi kunda yurtimizdagi pandemiya vaziyatidan kelib chiqib Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga birinchi kursga oʻqishga tavsiya etilgan talabalar oʻzlarining yashash hududlari boʻyicha TATU va uning 5ta filiallariga borib hujjatlarni rasmiylashtirishlari imkoni yaratildi.
Yaʼni talabalikka tavsiya etilganlar aynan Toshkentga kelishlari shart emas. Endi birinchi kursga qabul qilinganlar hujjatlarni topshirish, shartnoma blankalarini olish, tanishuv darslarida ishtirok etish maqsadida eng yaqin filialimizga tashrif buyurishlari mumkin.
Masalan, surxondaryolik talabamiz TATU Qarshi filialiga borib hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkin. Andijonlik, namanganlik talabalar esa TATU Fargʻona filialimizga murojaat qiladilar. Xuddi shunday Jizzax viloyatidan talabalikka tavsiya etilgan birinchi kurslarimiz eng yaqin filialimiz TATU Samarqand filialiga murojaat qilishlari mumkin. Bu boʻyicha filial rahbarlariga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Talabalar bilan ishlash boʻyicha quyidagi faylda hududlar kesimida toʻliq maʼlumot keltirilgan.
TATU matbuot xizmati
TATU rasmiy telegram kanaliga ulanish:
👉 @tuituz_official