E’LON! Hurmatli talabalar!

“Kompyuter grafikasi” (umumkasbiy fanlar) fanidan Talabalar Respublika fan olimpiadasining I-bosqichi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017 yilning 12 aprel kuni (soat 15:00 da) o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Olimpiada sinovlari 4 bosqichdan iborat:

- test (fanning nazariy materiallariga oid)
- test (fanga bog‘liq amaliy dasturiy paketalariga oid)
- dasturlash amali (C++ dasturida grafik imkoniyatlaridan foydalanib tasvirni vizuallashtirish)
- ijodiy ish (3D dasturida zamonaviy inshoot modelini yaratish).

Murojaat uchun: TTF «Audiovizual texnologiyalar» kafedrasi, tel. 238-65-61