ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! TATU “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”GA TAKLIF ETADI! Mahammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Joriy yil 5 iyundan 15 iyulga qadar “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etadi.

  • Главная
  • ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! TATU “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”GA TAKLIF ETADI! Mahammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Joriy yil 5 iyundan 15 iyulga qadar “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etadi.
“Ochiq eshiklar kuni” abituriyentlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori to‘g‘risida, universitetning qabul kvotasi, to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan differensiyalashgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabulni amalga oshirish usullari, mahsus sirtqi fakultetga xujjatlar qabul qilish tartibi, abituriyentlardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali interaktiv shaklda xujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida tushunchalar, talabalar uchun bilim olishga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.

Tadbir universitet binosida, A.Temur ko‘chasi, 108-uy manzili bo‘yicha soat 10-00 dan 16-00 bo‘lib o‘tadi.