NAVRO‘Z SAYLIGA MARHAMAT!

NAVRO‘Z SAYLIGA MARHAMAT!

☺️Hurmatli professor-oʻqituvchilar, aziz talabalar hamda shahrimiz mehmonlari!

💻Navro‘z bayrami munosabati bilan,18-mart kuni soat 10:30da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hovlisida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida bayram sayli o‘tkaziladi.

Bayram davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

👩🏻‍🎨1. Rasmlar koʻrgazmasi;
🤼2. Sport o‘yinlari (kurash, arqon tortish, Armresling, stol tennisi, tosh ko‘tarish, shaxmat,shashka );
🎭3. Qoʻl mehnati koʻrgazmasi;
🥗4. Milliy taomlar koʻrgazmasi;
📚5. Kitoblar koʻrgazmasi;
💼6. Bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi
🎼7. Badiiy qism (shahrimiz sanʼatkorlari tomonidan diltortar taronalar, kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etiladi).

💐Barchangizni Navroʻz sayli va bayram tadbiriga taklif etamiz!