Joriy yilning 29-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va mualliflarning nashr ettirish faolligi” VI Milliy Ilmiy-ta’limiy forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiaysi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Forumda Dunyoning mashhur kompaniya va muassasalari IEEE, ProQuest (AQSH), EBSCO Information Services (AQSH), Springer Nature (Germaniya), Clarivate Analytics (AQSH), “ИНФРА-М”, “Антиплагиат” (Rossiya), MIKRO Information Handling and Distribution FZE (Turkiya) va Respublikamizning faoliyat olib borayotgan “E-line press” kompaniyalari vakillari qatnashdi.
Forumni o’tkazishdan maqsad – O‘zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyat, ilmiy tadqiqotlari va nashr ettirish faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ma’ruzachilar o‘z taqdimotlari bilan Respublikamizda olib borilayotgan o‘zgarishlar va ilmiy salohiyati xalqaro e’tirof etiladigan Ilmiy bazalarda O‘zbekiston Respublikasi olimlarning faoliyati yuzasida qilingan tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish.