Mustaqillik qadri...

15 mart kuni TATU Kompyuter injinering fakulteti "Axborot texnologiyalari” kafedrasida O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida” kitobi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. 
"O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanishi albatta bejiz emas. Bu kitob yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan g‘oyat  og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o‘lkamizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish, umumxalq saylovida g‘olib chiqib, Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar, keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi.
            Ushbu kitob xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o‘rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi.
Asar yuzasidan kafedra o‘qituvchilari V.Karimova, M.Atadjanovalarning fikrlari tinglandi, kitobdan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda keng foydalanish, uning mazmun-mohiyatini har bir talaba ongiga singdirish lozimligi, kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.

Mustaqillik qadri...

 

Mustaqillik qadri...

 

Mustaqillik qadri...

 

Mustaqillik qadri...

 

Mustaqillik qadri...