Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohotlar o‘z samarasini bermoqda

  • Главная
  • Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohotlar o‘z samarasini bermoqda

2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalati universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” Oliy muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlagan edi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan islohotlar bugun qisqa fursatlarda o‘z samarasini bermoqda.

Buning yaqqol misoli sifatida Universitetning Oliy muhandislik maktabi tarkibidagi ITMade laboratoriyasi vakillari Turkiyaning “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan final bosqichigacha yetib kelganliklarini keltirishimiz mumkin.

Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash va imkoniyati cheklanganlarga kengroq imkoniyat taqdim etishga mo‘ljallangan innovatsion Brayl klaviatura tanlovning ilk bosqichlaridanoq “Commercialization potential” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni “Baykar technology (https://baykartech.com/en/uav/bayraktar-tb2/)” kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Selchuk Bayraktar topshirdi.

Final bosqichining yakuniy natijalari 2024-yilning 20-sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Final bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yagona jamoamizga omad tilaymiz.