Moskva texnika aloqa va informatika universitetida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

  • Главная
  • Moskva texnika aloqa va informatika universitetida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 

 

Moskva texnika aloqa va informatika universitetida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

🇷🇺«CIFR-2026» xalqaro tarmoq fani festivali doirasida, 2026-yil 13-mart kuni Moskva texnika aloqa va informatika universitetida “Axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash – xalqaro tajriba, holat va muammolar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🎤 Davra suhbati ishtirokchilariga universitet rektori Sergey Eroxin murojaat qilib, kiberxavfsizlik masalalarining dolzarbligini alohida ta’kidladi:

🛡 “Bugungi kunda kiberxavfsizlik masalalari – davlat, iqtisodiyot va jamiyatning barqaror rivojlanishining asosiy omilidir. Hayotning barcha sohalarini raqamlashtirish yangi imkoniyatlarni ochib beradi, biroq shu bilan birga yangi xavflarni ham yuzaga keltiradi. Aynan shuning uchun zamonaviy kiber tahdidlarga qarshi tura oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash universitetlar, davlat tuzilmalari va industriya uchun strategik vazifaga aylanmoqda.”

👨‍🏫 Davra suhbatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari – Radio va mobil aloqa fakulteti professori Yuriy Pisetskiy, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekani Haydar Madaminov hamda Kiberxavfsizlik fakulteti katta o‘qituvchisi Otabek Tursunov ishtirok etdilar.